“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi rahbari Bahodir Sidiqov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bungacha sport tashkilotiga Mehriddin Abdullayev rahbarlik qilgan, u ham 2023-yilning martigacha “O‘zbekneftgaz”ni boshqargan.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasining sobiq rahbari Mehriddin Abdullayev O‘zbekiston Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. U 2017−2020 yillarda mazkur tashkilotda birinchi o‘rinbosar lavozimida ishlagan.
«O‘zbekneftgaz» boshqaruv raisi Daryo muxbiri bilan bog‘liq mojaroni «o‘ta og‘riqli qabul qilgani» va jamiyat imidjiga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatganini aytdi. «Kompaniyada faoliyat yuritayotgan barcha mas’ul rahbarlar va xodimlar jurnalistning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majbur», — dedi Mehriddin Abdullayev. U shuningdek, jurnalistlik faoliyatga aralashishni keskin qoralashini, buning uchun lavozimidan qat’iy nazar barchaga chora ko‘rilishini ma’lum qildi.
«O‘zbekneftgaz» holding korporatsiyasi raisi Mehriddin Abdullayev «Bunyodkor» futbol klubining prezidenti bo‘ldi. Kompaniya jamoaga homiylik qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting